FLARESTAMINA

Bepul · Ro'yxatsiz · 2026

IELTS ↔ CEFR ↔ Multilevel ↔ TOEFL

IELTS balingizni tanlang — CEFR darajasi, Multilevel ekvivalenti, TOEFL iBT va Duolingo bali, hamda DTM'dagi imtiyozingiz bir sekundda chiqadi.

CEFR
B2
Yevropa darajasi
Multilevel
B2
milliy sertifikat
TOEFL iBT
79–93
rasmiy ETS jadvali
Duolingo
115–120
taxminiy

To'liq taqqoslash jadvali

IELTSCEFRMultilevelTOEFL iBTDuolingo ≈DTM (chet tili)
8.5 – 9.0C2C1*115 – 120155 – 160max ball
7.0 – 8.0C1C194 – 114125 – 150max ball
5.5 – 6.5B2B246 – 9395 – 120max ball (93.0 / 63.0)
4.0 – 5.0B1B132 – 4555 – 9075% (2026)

* Multilevel sertifikati eng yuqori daraja sifatida C1 beriladi. IELTS↔CEFR — ielts.org rasmiy moslamasi; IELTS↔TOEFL — ETS linking study; Duolingo — taxminiy, rasmiy konvertorda tekshiring. DTM imtiyozi amaldagi (muddati o'tmagan) sertifikatlarga beriladi.

Ko'p so'raladigan savollar

IELTS 6.5 — bu qaysi daraja?

IELTS 5.5–6.5 rasmiy ravishda CEFR B2 ga to'g'ri keladi. 7.0 dan boshlab C1 hisoblanadi. Ko'p xorijiy universitetlar magistratura uchun aynan 6.5 (B2 yuqori chegarasi) so'raydi.

Multilevel B2 IELTS nechchiga teng?

Multilevel — CEFR asosidagi milliy imtihon. B2 sertifikat IELTS 5.5–6.5 oralig'iga, C1 sertifikat IELTS 7.0–8.0 ga to'g'ri keladi. DTM imtiyozida ikkalasi teng kuchga ega.

DTM'da maksimal ball olish uchun nima kerak?

Amaldagi B2+ sertifikat (IELTS 5.5+, Multilevel B2+) chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beradi: 1-fan bo'lsa 93.0, 2-fan bo'lsa 63.0. 2026-yildan B1 ham maksimalning 75% ini beradi. Batafsil: DTM qoidalari maqolasi.

TOEFL 90 — IELTS nechchi?

ETS rasmiy jadvaliga ko'ra TOEFL iBT 79–93 = IELTS 6.5. TOEFL 94–101 = IELTS 7.0. Universitetga topshirayotganda ikkala testdan qaysi biri qulayligini shu jadval bilan solishtiring.

Duolingo testi IELTS o'rnini bosadimi?

Qisman: 5500+ universitet (asosan AQSh) qabul qiladi, ~$65 turadi. Lekin Buyuk Britaniya viza yo'llari va aksariyat davlat grantlari (El-Yurt Umidi, Chevening) IELTS so'raydi. Taxminan DET 115–120 ≈ IELTS 6.5.

Darajangizni bilib oldingizmi? Endi ballni oshiring
100+ bepul IELTS mock test — real formatda, bir zumda band ball

Band kalkulyator → · IELTS yangiliklari →